Hamyurtlarimiz "Asian Boxing" tashkilotining bir qator lavozimlariga saylandi

  • 16.01.2026 11:29
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

"Asian Boxing" tashkiloti Direktorlar kengashining  2026 yil 8 yanvardagi qaroriga asosan bir qator komissiyalar tarkibining rasmiy tasdiqlangani haqida xabar berib o'tgan edik.

E'tiborli, "Asian Boxing" tashkiloti yana bir qator o'zbekistonlik mutaxassislarga ishonch bildirdi. Jumladan, O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To'lqin Qilichev "Murabbiylar komissiyasi" safidan o'rin oldi. 

Shuningdek, O'zbekiston boks federatsiyasi raisi maslahatchisi Malik Babaev   "Taftish va moliya" komissiyasi;

Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i, Mirzohid No'monov   “Sport va musobaqalar” komissiyasi;

O'zbekiston boks federatsiyasi shifokori Dilshod Kazakov "Tibbiyot va antidoping" komissiyasi a'zolariga aylanishdi.

Shu tariqa , "Asian Boxing" tashkiloti safida o'zbekistonlik mutaxassislar soni oshib bormoqda. 

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Dzhetibayevich Polatov "Asian Boxing" tashkiloti vitse-prezidenti sanaladi. Bu haqida O'zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!