
Hamyurtlarimiz professional boksning WBA reytingida pastladi. Bunga nima sabab bo‘ldi?
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) avgust oyi yakuniga ko‘ra yangilangan reytingini e’lon qildi. Ko‘pchilik bokschilar 1 pog‘onadan pastlaganini sababi, reytingdan yuqorida turuvchi ikkinchi darajali chempionlik kamarlari bekor qilinmoqda va Gold kamari egasi ham reytingga qaytarildi. Shuni hisobiga ba’zi vaznlarda pastlash ko‘zga tashlandi.
Xususan, super yarim o‘rta vazn toifasida (-69,8 kg) Isroil Madrimov 1 pog‘ona pastlab, 2-o‘ringa joylashdi. Super engil vaznda (-63,5 kg) faoliyat olib borayotgan Shahram G‘iyosov va Shohjahon Ergashev ham mos ravishda 5 va 8-o‘ringa tushgan. Birinchi o‘ta engil vazn toifasida (-48,9 kg) Hasanboy Do‘smatov o‘tgan oydagi kabi 3-pog‘onani saqlab qoldi.
Ushbu reytingdan boshqa bokschilarimiz o‘rin olmagan.
Fikrlar