Hamyurtlarimizning benefisiga aylangan o‘yinda “Istanbul Boshakshehir” g‘alaba qozondi
Turkiya Superligasining 21-tur bahslari davom etmoqda. Bugun Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev to‘p tepayotgan “Istanbul Boshakshehir” jamoasi safarda “Eyupspor” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 14-daqiqasida Abbosbek Fayzullaev uzatib bergan to‘pni Davie Selke darvozaga aniq yo‘llab hisobni ochdi 1:0. Ikkinchi bo‘limning 8-daqiqasida Eldor Shomurodov oradagi farqni ikkita oshirdi. Asosiy vaqtda qo‘shib berilgan 3-daqiqada mezbonlar hisobni bitta qisqartirdi. O‘yin yakuniga qadar hisob boshqa o‘zgarmadi va istanbulliklar muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
- Turkiya - Super Liga
- Joriy Mavsum
Eyüpspor
- Umut Bozok 90'
Tugadi
1
:
2
08.02.2026 16:30
Istanbul Bashakshehir
- Davie Selke 14'
- Eldor Shomurodov 53'
Fikrlar