Hamzat Chimaev- Paulo Kosta jangi borasida o‘zbek MMA olami vakillaridan super fikrlar! (So‘rovnoma)
Xabaringiz bor, 21 oktyabr kuni Abu-Dabi shahrida “UFC 294” turniri tashkil etiladi. 2-markaziy jang o‘rta vazn (83,9 kg) toifasida Hamzat Chimaev va Paulo Kosta o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Biz an’anaga muvofiq o‘zbek MMA olami vakillarining ushbu jang borasidagi fikrlari bilan qiziqdik.
Ayubxon Kamalov – MMA jangchisi
- Bu jangda Hamzat Chimaev qiyinchiliksiz g‘alaba qozonadi. Paulo Kosta boshqa jangchilar uchun qiyin raqib bo‘lishi mumkin. Biroq, Hamzatga uning uslubi o‘tmaydi. Umuman Chimaevni to‘xtatib qoladigan raqibni ko‘rmayapman.
Afzal Yunusov – O‘zbekiston pankration va greppling assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari
- Yaqinda buladigan “UFC 294” turnir kardida judayam kuchli jangchilar yig‘ilgan. Chimaev bilan Kosta jangiga keladigan bo‘lsak, Chimaevni ba’zasi kurash bo‘lganligi uchun yutish imkoniyati ko‘proq deb uylayman. Albatta, Kosta ham yomon jangchi emas, bu professional jangchilardan hamma narsa kutish mumkin. Lekin Chimaev 2- raundda g‘alaba qozonadi, deb uylayman. Bu “UFC 294” turnirida dog‘istonlik sportchilarga muxlislik qilaman, “Shara Bulet”, Magomed Ankalaev, Hamzat Chimaev, va Islom Maxachevlarning g‘alaba qozonishiga umid qilaman.
Ozodbek Pardaev – menejer
- Bu jangda Chimaev g‘alaba qozonadi, degan fikrdaman. Uning kurashi aqlbovar qilmas darajada va bunga Koosta dosh bera olmaydi. Jang muddatidan avval yakunlanadi. Uzog‘i bilan 2-raundda Chimaev shunchaki uni bo‘g‘ib qo‘yadi.
Humoyun Ibragimov – MMA jangchisi
- Meni fikrimcha Chimaev va Kosta jangi hamChimaevning Byornsga qarshi bahsiga o‘xshash bo‘ladi, deb o‘ylayman. Imkoniyatlar 50/50 ko‘rinyapti. Albatta, g‘alaba Chimaev tomonida bo‘lishni xohlayman!
Timur Ma’murjonov – MMA jangchisi
- Juda qiziqarli jang bo‘ladi. Paulo Kosta oson taslim bo‘ladigan toifasiga kirmaydi. U ham g‘alaba uchun jang qiladi. Biroq, Chimaevda ustun jihatlar ko‘p. “Parter”da anchagina ustun va bu ustunlik g‘alabani ta’minlaydi, deb o‘ylayman.
Navro‘z Otaqulov – murabbiy
- Bu jang haqida fikr bildiradigan bo‘lsak, Chimaev Kostga nafaqat “parter”da balki “stoyka”da ham imkoniyat qoldirmaydi. Ko‘pchilik bu jangda Chimaevni asosan kurashadi, degan fikrlarni aytyapti. Lekin men boshqacharoq fikrdaman. Ya’ni, Chimaevda o‘ziga xos harakter mavjud u raqibini kuchli jihati bilan mag‘lub etishni xohlaydi. Jang “stoyka”da bo‘ladi va Chimaev g‘alaba qozonadi.
Yoqutbek Tursunov –oktagon anonseri
- Bu jang turnirning eng yorqin va qiziqarli to‘qnashuvi bo‘ladi. Katta ehtimol bilan bonus aynan ushbu jangga beriladi. Imkoniyatlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, Chimaevning imkoniyatini yuqori baholagan bo‘lardim. Uning kurashi Kosta uchun qiyinchilik tug‘diradi. Lekin jang muddatidan avval yakunlanadi, deb o‘ylamayman. Kosta ham oddiy jangchi emas. Nazarimda ochkolarga ko‘ra, Chimaev yutadi.
Muso Mametov – murabbiy
- To‘g‘risi, Chimaev uchun oson bo‘ladi, deb o‘ylamayman. Ammo, MMAda 60-70 % kurash g‘alabani ta’minlaydi. Shuning uchun baribir imkoniyat Chimaevda ko‘proq. Qolaversa, Chimaevning qo‘l-oyoq zarbalari ham ancha yaxshi ishlaydi. Imkoniyatlarni :0/40 degan bo‘lardim.
Fikrlar