
Hamzat Chimaev: Menga tansoqchilar kerak emas
Shvetsiyalik UFC chempioni Hamzat Chimaev mashhurligiga qaramay, tansoqchilar xizmatidan foydalanmoqchi emasligini aytdi.
“Xamma narsa qo‘limdan keladi, menga tansoqchilar kerak emas. Menga o‘z hayotim yoqadi. Bu bir oddiy odamning hayoti. Agar farzandlarim bo‘lsa, ular ham men borgan maktabda o‘qishadi.
Men ham oddiy odamman va shunchaki baxtli bo‘lishni xohlayman”, - dedi Chimaev.
Ma’lumot uchun, Chimaev 11 sentyabr kuni Las-Vegasda bo‘ladigan UFC 279 turniri doirasida amerikalik Neyt Diazga qarshi jang o‘tkaziladi.
Fikrlar