Hamzat Chimaev zaharlanganmidi?

  • 18.06.2024 19:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hamzat Chimaev(13-0)ning o‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Robert Uittaker(25-7)ga qarshi jangidan voz kechgani sabablaridan biri ma’lum bo‘ldi. Bugun Hamzat jamoasi vakili jangchi zaharlangan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berdi.

 "Ko‘rib chiqilayotgan variantlardan biri - zaharlanish. Lekin buning uchun yaxshiroq tekshirish kerak", - deydi manba.

Eslatib o‘tamiz, 22 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan UFC turnirida Chimaev va Uittaker jang o‘tkazishi kerak edi. Ammo ba’zi sabablarga ko‘ra Chimaev o‘rniga Ikrom Aliskerov Robert bilan jang qiladigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!