Haqiqiy MMA janglarini va’da qilayotgan MANGU ligasining birinchi turniri uchun chiptalar sotuvga chiqdi

  • 16.01.2026 11:43
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

7 fevral kuni Toshkent shahridagi "Humo arena" majmuasida taniqli murabbiy Jasur Alijonov asos solgan MANGU ligasining dastlabki turniri bo‘lib o‘tadi. 

Bugun mazkur oqshom uchun chipta narxlari z‘lon qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, chiptalar narxi 50 ming so‘mdan, 1 million so‘mgacha etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, "MANGU 1" turniri Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!