
Har bir buyuk jangchining ortida yana bir buyuk jangchi turadi !
11 oktyabr kuni AQSh ning Solt-Leyk-Siti shahrida "Karate Combat 55" turniri bo‘lib o‘tadi. Unda UFC chempioni Aleks Pereyraning singlisi Alin Pereyra mazkur promoushendagi debyutini o‘tkazadi. Qiziqarlisi, Alinga Konor Makgregorning jamoadoshi hamda sobiq PFL yulduzi Di Begli raqiblik qiladi.
Ushbu qarama-qarshilikdan ilhomlangan "Karate Combat" ijtimoiy tarmoqlarda ajoyib post qoldirdi:
"Har bir buyuk jangchining ortida yana bir buyuk jangchi turadi", - deya aka-singil Pereyralarga ishora qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Alin Beglidan 5 yosh katta hisoblanadi. U MMA da 1 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
Fikrlar