Hasan va Husan Baratov Turkiyada jang qiladi

CHERY AUTO

8-11 aprel kuni Turkiyaning Antalya shahrida kikboksing WAKO bo‘yicha “Turkiya Open” xalqaro turniri tashkil etiladi. Ma’lum bo‘lishicha ushbu turnirda O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi rahbari Oybek Normetov boshchiligida 30 nafar sportchi ishtirok etadi.

Tecno

Ular orasida +91 kg vazn toifasida Hasan va Husan Baratovlar ham ushbu turnirda g‘oliblik uchun jang olib boradi. Jumladan, Hasan Baratov K-1 yo‘nalishida ishtirok etsa, Husan Baratov “lou-kik” bo‘yicha ringga ko‘tariladi.

Hozirda aka-uka Baratovlar “Oqtepa” klubida har qanday sportchilar uchun ustoz darajasiga ko‘tarila olgan, taniqli boks murabbiyi Zufar Sulaymonov qo‘l ostida tayyorgarlik olib bormoqda.  

O‘ylaymizki, turk zaminida yurtimiz sharafini himoya qiladigan barcha sportchilarimiz o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlaydilar. Bu borada ularga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!