Hasanboy Doʻsmatov chempionlik kamari uchun jang qiladi!
17-19 aprel kunlari Qirgʻizistonning Bishkek shahrida professional boks oqshomi boʻlib oʻtadi.
Eʼtiborlisi, unda WBA reytingida oltinchi oʻrinni egallab turgan charm qoʻlqop ustamiz Hasanboy Doʻsmatov (7-0, 5 KO) ham ishtirok etib, 50 kg vazn toifasida WBA vaqtinchalik chempionlik kamari uchun puerto-rikolik Jonatan Gonzales(29-4-1, 14 KO)ga qarshi ringga koʻtariladi.
Maʼlumot uchun, Doʻsmatov 2025 yil 20 iyul kuni oxirgi jangida Mark Antonio bilan kurash olib borib, yakunda hakamlarning yakdil qaroriga koʻra gʻalaba qozongan edi.
Fikrlar