Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Hasanboy Do‘smatov Evropa chempioniga hech qanday imkon qoldirmadi!

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Xabaringiz bor, Dubay shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning beshinchi kunidan 4 nafar vakilimizning janglari o‘rin olgandi.

Ikki karra Olimpiyada chempionimiz Hasanboy Do‘smatov -51 kg vaznda turkiyalik Samet Gumus(2024 yildagi Evropa chempioni)ga qarshi kurash olib bordi. Kutilganidek, bahs hamyurtimizning katta ustunligida kechdi. To‘liq 3 raunddan so‘ng Do‘smatov hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘olib, deb topildi - 5:0.

Eslatib o‘tamiz, birozdan so‘ng yana bir charm qo‘lqop ustamiz Xo‘janazar Nortojiev hindistonlik Sachinga qarshi ringga ko‘tariladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q