Hasanboy Do‘smatov oltin medal bilan taqdirlandi

  • 7 may, 2017, 16:07
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bugun Toshkentdagi muhtasham sport saroylaridan biri "O‘zbekiston” sport majmuasida Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining so‘nggi final janglari bo‘lib o‘tdi.

Tecno

49 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan HasanboyDo‘smatov final jangida mo‘g‘ulistonlik Gan-Erfene Gankxuyagga qarshi ringga ko‘tarildi. Uch raunddavom etgan ushbu qarama-qarshilikda jahonning eng yaxshi bokschisi deya qayd etilayotgan hamyurtimiz yaqqol ustunlik bilan g‘alaba qozondi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Boks bo‘yicha Osiyo chempionati | 49 kg vazn toifasi

Oltin medal sohibi - Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston)

Kumush medal sohibi - Gan-Erdene Gankxuyag (Mo‘g‘uliston)

Bronza medal sohibi - Amit (Hindiston)

Bronza medal sohibi - Rojen Ladon (Filippin)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!