Hasanboy Do‘smatov va Abdumalik Halokov jahon chempionatida ishtirok etadi!
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) Dubayda bo‘lib o‘tadigan erkaklar o‘rtasidagi Jahon chempionatida dunyoning eng sovrindor bokschilari ishtirok etishini tasdiqladi. Mazkur musobaqada quyidagi taniqli charm qo‘lqop ustalari ringga ko‘tariladi:
Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) – Ikki karra Olimpiada chempioni va amaldagi IBA yo‘nalishida jahon chempioni;
Abdumalik Halokov (O‘zbekiston) – Olimpiada g‘olibi va amaldagi IBA yo‘nalishida jahon chempioni;
Loren Alfonso Dominges (Ozarbayjon) – Parij-2024 Olimpiada finalchisi va IBA yo‘nalishida Jahon chempioni;
Saidjamshid Jafarov (Ozarbayjon) – IBA yo‘nalishida Jahon chempionati finalchisi;
Nurbek Oralbay (Qozog‘iston) – Parij-2024 Olimpiada finalchisi va IBA yo‘nalishida Jahon chempioni;
Aybek Oralbay (Qozog‘iston) – Ikki karra Osiyo chempioni;
Xulio La Krus (Kuba) – Ikki karra Olimpiada va besh karra IBA yo‘nalishida Jahon chempioni;
2-13 dekabr Dubayda o‘tadigan ushbu nufuzli musobaqa havaskor boks olamining eng yorqin yulduzlarini bir arena ostida jamlab, 2025 yilning eng yirik sport voqealaridan biriga aylanishi kutilmoqda.
Fikrlar