Hasanboy Do‘smatov: Yo‘l bo‘shataman, faqat Parij olimpiadasidan keyin

  • 12 may, 2023, 20:31
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Bugun yarim final janglari bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

-51 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov ispaniyalik Martin Molinaga qarshi ringga ko‘tarildi. Bellashuvda bokschimiz 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, Hasanboy finalga yo‘l oldi va kamida kumush medali hamda 100 ming dollar pul mukofotiga ega chiqdi.

Finalga yo‘l olgan o‘zbekistonlik bokschilar (Ro‘yxat)

hasanboy-17

- 2017 yili mag‘lubiyatga uchraganimdan so‘ng yana qachon finalga chiqaman, deb o‘ylagandim. Mana oradan 6 yil o‘tdi yana finaldaman. Oldimga qo‘ygan maqsadimga bir qadam qoldi. Endi ertangi jangda bor kuchimiz bilan g‘alaba qozonish uchun harakat qilamiz. 

Yoshim 30ga qarab ketyapti. Keyingi jahon chempionatida qatnashamanmi yoki yo‘q, noma’lum. Yoshlar chiqib kelyapti, ularga ham yo‘l bo‘shatish kerak. Faqat Parij Olimpiadasidan so‘ng.

Taktikam bugungi raqibimga mos tushardi. Shuning uchun bugungi raqibim bilan bellashuvda taktika qo‘llashda qiynalmadim.

Finaldagi raqibim ancha nomdor bokschi. Finalga chiqib kelyapti. U bilan Frantsiyadagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotida birga sparring tushganmiz. Bizda shu jangning videosi bor va shunga qarab raqibni o‘rganamiz, - dedi Hasanboy Do‘smatov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!