Hasanboy Do‘smatovning jangi qoldirildi yoxud u Serbiyadagi jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin!

  • 13.08.2021 14:50
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rio Olimpiadasi chempioni professional boksning birinchi o‘ta engil vazn toifasida (-48,9 kg) WBA International kamari egasi Hasanboy Do‘smatov (3-0, 3KO) o‘zining navbatdagi jangini 28 avgust kuni Rossiyaning Moskva shahrida o‘tkazishi lozim edi. Biroq, ba’zi sabablarga ko‘ra, ushbu jang bo‘lmaydigan bo‘ldi. 

Biz mazkur voqelik yuzasidan bokschimizga bog‘lanib, uning fikrlariga quloq tutdik.

- Noma’lum sabablarga ko‘ra, jangim bo‘lmaydi. Menga ma’lum qilishlaricha, boshqa shoularning birida ringga ko‘tarilar ekanman. Rejalarga to‘xtaladigan bo‘lsak, 26 oktyabrdan 6 noyabrga qadar Serbiyada havaskor boks bo‘yicha jahon chempionati bo‘ladi. Xabaringiz bor, ushbu jahon chempionati 13 vazn toifasida o‘tkaziladi. 51 kg vazn toifasi ham o‘rin olgan. Shunda ishtirok etishga harakat qilib ko‘raman. 

Eslatib o‘tamiz, Do‘smatov 3 aprel kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Muhsin Kizotani mag‘lub etgan holda WVA International kamarini qo‘lga kiritgan. Hozirda u o‘z vaznida WBA reytingida 3-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
13/08/2021 18:28
Вэл Баркер кубогини Хасанбой кейинги номзодга топшириши керак эди.Лекин Олимпидада топширилмади.