Hasanboy Do‘smatovning rejalari o‘zgardi. U Parij Olimpiadasida qatnashmoqchi

  • 1 mart, 2022, 15:30
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, Bolgariyaning sofiya shahrida tashkil etilgan, "Stranja" turnirida O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 6 ta oltin va bitta bronza medalini qo‘lga kiritgan holda, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. 

Aynan, oltin medalarning birini -51 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov delegatsiyamizga taqdim etdi. 

Biz bugun tongda yurtimizga etib kelgan bokschimiz bilan bog‘lanib, uning turnir va kelajakdagi rejalari bilan qiziqdik. 

- Avvalo, bildirilgan ishonchni oqlaganimizdan xursandman. Nazarimda murabbiylarning ishonchi yanada oshdi, deb aytishim mumkin. Albatta, "Stranja" turniri kichik jahon chempionatiga qiyoslanadi. Barcha terma jamoalar yosh iste’dodlarni va o‘z o‘rnida kuchli tarkibni jalb etishdi. hattoki, Rossiya va Qozog‘iston terma jamoalari 2 tarkib bilan ishtirok etdi.

Barcha janglar o‘ziga yarasha qiyin o‘tdi, deb ayta olaman. Duch kelgan raqiblarimning barchasi bilan ilk janglarim edi. Tajriba qo‘l kelib, ularni mag‘lub eta oldim, degan fikrdaman. Asosiysi o‘zimni ham sinab oldim. Mazkur turnirdan so‘ng, niyatim ham o‘zgardi. Ya’ni oldinda turgan Osiyo o‘yinlari, Osiyo chempionati, Jahon chempionati hamda Parij Olimpiadasida ham ishtirok etishni maqsad qildim.

Albatta, murabbiylar ishonch bildirsa, ushbu niyatlarim amalga oshishi mumkin. Sababi, Olimpiadaga yangi vazn -51 kg qo‘shiladigan bo‘lmoqda. -52 emas -51 kgda janglar bo‘lishi kutilmoqda. Shubhasiz, bu vazn toifasida o‘zimni anchagina erkin his qilaman. Agar, buning imkoni bo‘lmasa, bor e’tiborimni professional boksga qarataman. Umuman olib qaraganda har ikkisini bir vaqtda olib borish istagidaman. Professional boksda bir yilda 2 marotaba jang berishadi va bu yo‘nalishda ham o‘zimni ko‘rsatib, barchani xursand qilaman, degan umiddaman. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!