Hausen: «Kurtua — dunyoning eng yaxshi darvozaboni»

  • 09.09.2026 12:34
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» jamoasi yosh ispaniyalik himoyachisi Din Hausen Chempionlar ligasi birinchi turida «Inter»ga qarshi o‘yindan so‘ng jamoadoshi Tibo Kurtua haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Kurtua — dunyodagi eng yaxshi darvozabon. U ko‘p bor bizga yordam beryapti, jamoani gollardan qutqarib qolmoqda», — deya ispaniyalikning so‘zlarini  keltiradi UEFA matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, «qirollik klubi» Joze Mourinyo boshchiligida o‘z maydonida «Inter»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Madrid jamoasi tarkibidagi gollar Kilian Mbappe va Federico Valverde hisobidan o‘rin oldi. Milanliklar safida yagona to‘pni Karlos Augusto kiritdi.

Ma’lumot uchun, umumiy bosqichning ikkinchi turida «Real» «Roma» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!