Havaskor MMA bo‘yicha o‘tkazilgan Markaziy Osiyo chempionati yakunlandi. Natijalar bilan tanishing!

  • 10 oktabr, 2021, 19:57
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Kecha Nukus shahrida start olgan, havaskor MMA bo‘yicha CAMMAC turniri doirasidagi Markaziy Osiyo chempionatining final janglari bo‘lib o‘tdi. 

Tecno

Quvonarlisi, 7 nafar vakilimiz final bosqichida ishtirok etdi va ularning barchasi g‘alabaga erishdi. 

Jumladan, -56.7 kg vazn toifasida Jamshidbek Tillaboev, -65.8 kg vaznda Shukurjon Rustamov, -77.1 kgda Munis Mo‘minjonov, -83.9 kg vaznda Zokirjon Mamarasulov, 93 kgda Husanboy Rahimov, -120.2 kg vazn toifasida Hasanboy Rahimov hamda +120.2 kgda Ixtiyor Xolmurodov raqiblarini mag‘lub etib, ilk bora o‘tkazilgan havaskor MMA yo‘nalishidagi Markaziy Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdilar.

Shuningdek, -52.2 kgda Odil Sayfiddinov, -65.8 kgda Farruxjon Olimjonov, -70.3 kgda Daler Yuldashev, -77.1 kgda Azizjon G‘ulomhasanov, -83.9 kgda Axmet Smetullaev, -93 kgda Ilyos Komilov, -120.2 kgda Fayzullo Maxammatov, +120.2 kg vazn toifasida esa Hakimjon Ismolov bronza medaliga ega chiqdi va shu tariqa 7 ta oltin va 8 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi o‘rinni 3 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan Qozog‘iston terma jamoasi band etdi. Kuchli uchlikdan esa, 4 ta kumush va 6 ta bronza medali bilan Tojikiston terma jamoasi o‘rin oldi. 

Mazkur chempionatning eng yaxshi jangchisi deya, +120 kg vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritgan, Ixtiyor Holmurodov topildi.

Eng yaxshi hakamga atalgan sovrin esa, Dadaxon Hasanovga nasib etdi. Shu tariqa ilk bor o‘tkazilgan Markaziy Osiyo chempionatida hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!