Havotirimizni oshirgan, har tomonlama yutqazgan Ektor Kuper, Ahmedovga ta’timagan yubiley o‘yin va boshqalar

  • 6 sentabr, 2019, 16:42
  • Bekzod Isayev
  • 23
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati saralash bahslarini yaxshi niyatda kutdik. Alamlisi, doim kutamiz. Kutganimizga yarasha natija bo‘lmasa-da, umid ila qaraymiz. Bu gal ham shunday, afsuski shunday.

Tecno

Futbolimiz tarixida 5 sentyabr qora kunga aylanmoqda. Avvalgi jahon chempionati saralashining oxirgi o‘yinini aynan shu sanada o‘tkazganmiz. Bu barchaning yodida. Janubiy Koreya tarixidagi eng kuchsiz jamoani yurtimizda yuta olmaganimiz alam bilan esga olinadi. Rossiyalik taniqli sharhlovchi Konstantin Genich uchrashuvni sharhlagandi va o‘zi bilan birga termamizni yurtiga olib ketmoqchi bo‘lgandi. Biroq biz bitta gol ham ura olmaganmiz.

Bu safarchi? Bu safar ham saralash bahslarini sun’iy qoplamali maydonda boshladik. Raqibga 2 ta to‘p farqi bilan yutqazdik. O‘shanda terma jamoamizda murabbiy almashgandi. E’tiborlisi, Falastin – O‘zbekiston uchrashuvini sharhlab borgan Xayrulla Hamidov avvallari Ektor Kuper shaniga iliq fikrlar bildirardi. Hozir esa uning ham fikri o‘zgardi. Buni sharh davomida bildik, eshitdik.

Uzbek-murabbiyi (4)

Odil Ahmedovga ta’timagan yubiley o‘yin. Ahmedov terma jamoamiz safida 100-o‘yinini o‘tkazdi. Tarixga kirdi. Ammo omadsiz chiqdi. Uchrashuvda Ahmedovda qulay imkoniyat bo‘ldi. Biroq uning o‘zi foydalana olmadi. Aksi bo‘lganda, hisob bunday ko‘rinish olmagan va o‘z yubileyi uchun o‘zi sovg‘a taqdim etardi.

Umuman olganda, futbolchilar jon kuydirishmadi. Birorta o‘yinchi yutqazayotgan jamoa vakiligi o‘xshamasdi. Ularning harakatlarini ko‘rgan tomoshabin bizga bu o‘yin natijasi ahamiyatsiz ekanda degan hayolga borishi turgan gap.

Shu kuni futbolchilarning bu harakatlaridan yana bir taxminga keldik. U ham bo‘lsa ish tashlash. Futbolchilar murabbiyning uslubiga ko‘nika olmayotganini birinchi kundanoq aytishgandi. Jumladan Odil Ahmedov. Bu mavzu juda ko‘p muhokama qilingan. O‘FAning avvalgi rahbariyati va vakillari Kuperni oqlash uchun juda harakat qilishgan. Debatlar uyushtirishgan. Ular Kuperni asoslash uchun o‘zlariga 2 ta jihatni belgilab olishgandi. Biri terma jamoamizga keladigan murabbiy xorijdan bo‘lishi va ikkinchi o‘sha mutaxassis avvalgi termasi bilan jahon chempionatiga chiqqan bo‘lishi kerakligi.

5671540486359

Ho‘p, shu talablarga mos kelgandir. Lekin buni ulardan boshqa barcha qabul qilmadi. Nega? Chunki Kuper zamonaviy futbolning odami emas. U yaqin yillar ichida biror bir karomat ko‘rsatmagan. Taktik jihatdan no‘noq ekanligini Falastinga qarshi bellashuvda ham ko‘rdik.

Eng yomoni biz futbolni qanday o‘ynash kerakligini Falastindan o‘rganishimizga to‘g‘ri kelmoqda. Qarang qanday kunlarga qoldik. Qarshi hujumda bizga o‘rnak bo‘lgan Falastin. Bizga biror marta ham gol urmagan Falastin 2 marta darvozamizni chiroyli tarzda ishg‘ol etdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. Yutqazayotganimizda translyatsiya rejissyorlari bot-bot hech narsa qila olmayotgan Ektor Kuperni namoyish etishdi. Ularga rahmat. Ayrimlarga shunday paytda oddiy raqibga qarshi uchrashuvda ham hech narsani o‘zgartira olmayotgan janob Kuperni ko‘rsatib berishdi. Futbolimizning oldingi rahbarlari qilgan xatolar hali ko‘p zararimizga ishlamasa edi.

Umid qilamizki, ayni paytda amalda ishlarni qilayotgan O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov futbolni tushunadigan va hozirgi bo‘layotganlarni ko‘rib turgan inson. Ektor Kuper masalasiga kech bo‘lmasdan bir qarorga kelsalar ayni muddao bo‘lardi. To‘g‘ri, Kuperga javob berish oson emas. Avvalgi rahbariyat tuzgan shartnoma shartlari bunga to‘sqinlik qilar. Chunki yaqindagina O‘FA vakillarining Kuperga mahalliy murabbiylardan birini yordamchi qilib oling degan taklifiga yo‘q deya javob bergan. To‘g‘ri, Superliganing ayni qizg‘in pallasida Afrika millatlar ligasida ekspertlik qilgan, so‘ng mehnat ta’tilida bo‘lgan mutaxassis o‘zining bunday “qobiliyat”larini birovga o‘rgatgisi kelarmidi?!

4671567017478

Nima bo‘laganda ham Ektor Kuper borasida havotirlarimiz yana-da oshdi. Eng yomoni u yurtimizga kelganida ham ortiqcha quvonmagandik. Asosiy pallada avvalgi xatolarimiz pand bermasligiga juda ishongimiz keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Нодирбек Ахмедов
06/09/2019 17:14
Одил Ахмедов,Анзур Исмоилов,Кувондик Рузиев,Даврон хошимовларни умуман якинлаштириш керакмас термага
&
06/09/2019 21:31
Ikkala golda ham anzur tomon pand berdi.chichib quydi.anzur .uyinchi bemalol jarima ichida sayr qilib yuribdi
&
06/09/2019 21:31
Ikkala golda ham anzur tomon pand berdi.chichib quydi.anzur .uyinchi bemalol jarima ichida sayr qilib yuribdi
&
ахмад49
06/09/2019 17:16
Ечими битта КУПЕР КЕТИШИ КЕРАК,КОМПЕНСАЦИЯНИ ТАДБИРКОРЛАРИМИЗ ТУЛАБ БЕРАДИ!!!!!
Низомтой Эргашев
06/09/2019 18:26
Куперни урнига Абрамов олиб келиш керак кейин уйинчилини психолагик тайёрлаш керак ватанпарвар килиб
&
$.M.I.D
06/09/2019 18:16
Хурматли Футбол Мутасаддилари Ўзбек Футболи Учун Бирор Бир Яхшилик Қилинглар, Мираброр Тоға Хам Уёққа Пул Олиб Кетмагандур.
&
TFT
06/09/2019 17:53
Ҳурматли муаллиф шу саволларни Э.Купер ёки футболимиз мутасадиларига бериб сўнгра мақола ёзганизда анча асосли чиқармиди? Биласиз биз мухлисларга бундай имкониятга эга эмасмиз.Мен журналистларни мухлислар дардини мутасаддиларга етказувчи алоқа кўприги деб тушунаман.Афсуски ана шу кўприк ишламаяпти.Куперни кетишини кўпчилик мухлислар исташяпти.Лекин терма жамоалар марказидан ҳеч кандай журналистик хабар йўқ.Терма жамоани мағлубиятида сизларни хам оз бўлсада хиссалариз борлигини билиб қўйсанглар яхши бўлар эди. Кескин гапирган булсам узр, чунки кечаги мағлубиятни ҳазм қилиш биз мухлисларга осон бўлмаяпти.Кимсан,Фаластиндан!
&
Lochin79
TFT
06/09/2019 21:35
Falastin uzbekka kelsa navbahor yoki nasaf yoshlarini tashlasa ham bemalol yutadi.pahtakorni ovora qilmasdan
&
TFT
07/09/2019 09:09
????????????
&
TFT
TFT
07/09/2019 09:16
Тугри жавобим ?? бб чикипти.
Нодирбек Ахмедов
06/09/2019 17:10
Бобой нима килсин куйлар шилта булганидан кейин
Kind Prince
07/09/2019 08:30
Илтимос
UFF ( SOQQAKASH)рахбариятлари Купер оркасидан нормальный пул ишлавагандурсила шу пайтгача Энди рухсат берила торва халтасини кутариб уйига сурсин. Жа тренер топомасела
Даврон Кабуловга берила тренерли штабини. Шунча каментариян ёзилватти лекин рахбариятга бу кизикмас. Мухуми сокка
Агар бет буганда халкки мурожатини инобатга олардила
&
ziyod
06/09/2019 22:02
himoyani yoshartirish keremes anzur ulgurmayabdi shomurodovga tandem qilib cheranga fuqorolik berib qo'yish kerak murabbini abramov va ro'zuqulni tandemi fikrim to'g'ri bo'lsa + bosinglar aziz muhlislar
&
Lochin79
06/09/2019 21:38
UFA rahbarlari siladan iltimos SAUDIYA BILAN UYINNI NAMANGANDA UTQAZINGLAR.LUBOY KOMANDANI MUHLISLAR SINDIRADI."SKOLARI AYTGANDEK NAMANGANDA BRAZILIYA HAM KOMAGA TUSHADI.
&
Surxon turon
06/09/2019 19:14
Купер истифога чиқарлса унга 7млиён доллр кампинсатсия тӯлаш керак екан хӯп купер бизди жахон чимпиянатига олиб чиқолмаса купер бизга қанча тулар екан ана шу соволди куперга бериш керак ва кетига тепиб хайдаш керак.
&
07/09/2019 09:01
Манимча УФА Куперни қуппа-қуруқ чақириб, қуппа-қуруқ кузатиб қўймоқчи.ЖЧ керак эмас уларга.Мухлислар яна уффф деб қолаверади.
Javli Ruzimuradov
06/09/2019 17:58
Футболчилар куперни тушунмаётган булса айб таржимонда????????.Футболчилар блан туғрима туғри гаплашаётган Ўзбек тренер керак.
С Муртозаев
06/09/2019 16:53
Купер бобо сизга маслахат 5-3-2 тактикада ойнай колинг Шомуродовга шерик булармиди кеча ойинда кордик шомуродовни 2 3 таси кориклади шерик булса хар холла чалгитиб берасмиди майли нма босаям омад тилаймиз келгуси ойинларда.
Кейинги гапим корган боселар аник корилди онг канот хужимимиз зайфлиги шунга бир терма жамоани бошкатдан тузин борку узбекистон учун жонини бериб ойнайдигонлар зеро шунда ютармилик!
Maqsudjon Botirov
07/09/2019 12:51
Anzurdi yuqotish kerak. Bizga endi 4-4-2 sxemasini joriy qilish kerak. Tezkor futbolchilarni jalb qilishsa bumasmikin aaa
&
Mironshox
07/09/2019 09:57
Bu Falastinni 23 yoshlilar ham yutadi
Олимжон Абдусаматов
06/09/2019 22:40
Ulugbek Boqayevga beringlar iltmos xozir rasa fursati yeti
&
Sash
06/09/2019 22:22
Kuter, Chumayan ishtirokida muhlislar bilan matbuot anjumani utakazila. Chumayan qilgan ishlariga javob berishi kerak. Aqilli Kutir ham ensasini qotirmay futbol haqidigi savollaga javob berish kk. Imkoni bormi.
&
Sash
06/09/2019 22:17
Kutir kelgandan beri ishlamadi. Otti q..g'i. Ishlaganida yahshi bollani olgan bulardi. Tajribasi yuq deb yangilani olmadi. Tajribasi bulmasa urtoqlik uchrashuvlarda pishirsa bulardi. Tarihda buncha etibor bulmagan fudbolga. Shuncha qilingan harajatlarga kut javob berish kerak. Legonerlarsiz ham kamanda qilsa bulardi. Falastinga qarshi yoshlarni tushurish kerak edi. 90 daqiqa harakat qiladigon yoshlani. Hullas kuter ketishi kerak lekin urniga yana chumayan ni olib kelib quyishsachi. Bu ish uzimiznikilani qulidan keladi. Yeb quyganidan darak buladi. Biz muhlislar chetta gapirib qolib keturamiz. Endi yangilikni ROVSHAN okamizadan kutib qolamiz.
&
Lochin79
06/09/2019 21:47
Qani bizdagi nogironlar komandasi .ular necha bor biraziliyadek komandani tishlatdi.necha bor jahon chempioni buldi.buni sababi ularda yahshi yashash uchun harakat bilan birga qiyinchiliklarni qanday yengishni bilishadi.soglomlariga pohuy pul bulsa buldi.ortidagi halq pohuy.uynolmasang busat erkak bulib .(SHULARNI HAM UYGA KELSA BOLLARI DADA DEB KUTVOLADIDA)!!!!!!!!!!
&
Lochin79
06/09/2019 21:32
Hayrulla aka samolyotda birga kelgan bulsanglar kerak.uyinchilar yana qarta uynab kelgan bulsa kerak aaaaa.ularga pohuyku
&
Lochin79
06/09/2019 21:26
Talandlar bisyor qani yoshlar.yoshlarga berish kerak edi .falastinni.birinchi uyinda hayajonni bosib olar edi yoshlar.qancha yoshlar chiqadi va sunadi uzbekda.OSIYO CHEMPIONLARI QANI.hammasi tugildiyu bugildi
Oldingi fikrlarni ko'rsatish