Here we go! Cilva Evropaga qaytadi
Yaqindagina "Fluminense" bilan xayrlashgan Tyago Silva Evropaga qaytmoqda. Uning keyingi manzili Portugaliya bo‘ladi.
Fabritsio Romano xabar berishicha, 41 yoshli futbolchi "Portu"ga ko‘chib o‘tmoqda. Tomonlar kelishuvga erishdi, Silva bilan tuziladigan shartnoma 2026 yilning yozigacha amal qiladi. Shuningdek, bitimni yana bir yilga uzaytirish imkoni ham bor.
Tyagoning asosiy maqsadi Jahon chempionatida ishtirok etish. U terma jamoaga qaytish va sport formasi yaxshi bo‘lib turishi uchun Braziliyani tark etib, Evropaga qaytishni istadi.
Eslatib o‘tamiz, Silva 2005 yilda ham aynan "Portu" tarkibida o‘ynagan.
Fikrlar