Here we go! Garnacho "Chelsi" futbolchisi
Alexandro Garnacho "Manchester Yunayted"dan "Chelsi"ga ko‘chib o‘tmoqda. Bu haqida Fabritsio Romano xabar berdi.
Insayderning so‘zlariga ko‘ra, futbolchining transferi borasida tomonlar kelishuvga erishib bo‘ldi. "Aristokratlar" argentinalik vingerning xaridi uchun umumiy 40 million evro sarflamoqda. Garnacho tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Londonga etib boradi va shundan keyin shartnoma imzolanadi.
21 yoshli Alexandro "Manchester Yunayted" tarkibida 144 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol qildi va 23 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar