“Hero Intersontinental Cup 2019” musobaqasi finalini o‘zbekistonlik hakamlar boshqardi

  • 20.07.2019 17:51
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Hindistonning Ahmadobod shahrida “Hero Intersontinental Cup 2019” musobaqasi bo‘lib o‘tayotgani haqida  xabar bergan edik.

Tecno

Mazkur turnirda Hindiston, Tojikiston, Suriya hamda KXDR terma jamoalari ishtirok etishdi. Turnirning hal qiluvchi final uchrashuvida Tojikiston KXDR bilan bahs olib borib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Diqqatga sazovor jihati shundaki, musobaqaning final uchrashuvini o‘zbekistonlik hakamlar guruhi boshqarib bordi. Bosh hakam sifatida Ahrol Risqullaev faoliyat olib borgan bo‘lsa, unga qanotlarda Andrey Tsapenko hamda Ruslan Serazitdinov yordam berdi. Zaxira hakami sifatida esa Jasur Muxtorov ishladi.

Shu tariqa, 7-19 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan musobaqada KXDR terma jamoasi g‘olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
махмуда Джураева
20/07/2019 18:04
Барака топгурлао, нима, кайси спорт тури буйича мусобакалигини фол куриб биламизм?