Asosiy mazmunga oʻtish

Hikaru Nakamura: Sindarovga kam e’tibor berilishining sababi O‘zbekistonda Abdusattorov kabi boshqa yulduzning borligidir!

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Hikaru Nakamuraning Jahon Kubogi bo‘yicha taxminlarini bildirdi.

Hikaru Nakamuraning Jahon Kubogi bo‘yicha taxminlarini bildirdi. 

Svane — Sindarov bahsi haqida

Sindarov ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi. Unga kam e’tibor berilishining sababi O‘zbekistonda Abdusattorov kabi boshqa yulduzning borligi. U klassikada kuchli, rapid va blitsda ham ustun. Taxmin: Sindarov g‘alaba qiladi.

Yakubboev — Sargisyan:

Sargisyan hozir juda kuchli ko‘rinayotgan bo‘lsa-da, Yakubboevning o‘tkir va kuchli taktik uslubi ustun keladi. Hikaru Yakubboevni barcha vaqt nazoratlarda favorit deb hisoblaydi.

Qolgan juftliklar:

Harikrishna — Xose: asosiy vaqtda Harikrishna; tay-breykda 50/50.
Le Kuan Liem — Donchenko: Liem yutadi.
Dubov — Shenkland: Dubov ustunroq, ayniqsa tay-breykda.
Grebnev — Esipenko: autsayder sifatida Grebnev g‘alaba qozonadi.
Vey Yi — Sevyan: Sevyan yutadi.
Aronyan — Erigaisi: teng kurash; Aronyan g‘alaba qiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q