"Атлетико" himoyachisi: "Real" hujumlariga qarshi qo‘rqov yo‘q"

  • 20.09.2026 14:55
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Atletiko» jamoasi himoyachisi Mark Pubil Madrid derbisi oldidan «Real»ning yulduz hujumchilariga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi.
 

«Mbappe, Vinisius va Bellingemga qarshi maydonga tushish meni qo‘rqitadimi? Ular juda kuchli futbolchilar, jamoalari ham juda baquvvat. Lekin biz ham zaif emasmiz. Maydonda oxirigacha kurashamiz va ularni yutishga harakat qilamiz. Shuning uchun yo‘q – hech qanday qo‘rquv yo‘q», – deya Pubilning so‘zlarini Marca nashri keltiradi.
 

Ma’lumot uchun, "Real" va "Atletiko" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:15'da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!