Himoyaga qaytib o‘ynash kerak! Kerrik shogirdining tanqidiga keskin javob qaytardi
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik «Komo»ga qarshi o‘yindan (1:4) keyin jamoa yetakchisi Brunu Fernandeshning tanqidiy ruhda aytgan fikrlariga munosabat bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 3-turida safarda qayd etilgan mag‘lubiyatdan so‘ng portugaliyalik yarim himoyachi jamoa taktikasі haqida shunday degan edi: «Murabbiylar shtabi individual bosim o‘rnatmaslikka, raqibga bo‘shliq qoldirishga qaror qildi. Lekin ba’zi vaziyatlarda yanada jasurroq bo‘lish, tavakkalga qo‘l urish kerak».
Kerrik ushbu so‘zlarga javob qaytarib, ikkinchi taymda taktik yondashuv o‘zgarganini ta’kidladi: «Ikkinchi bo‘limda biz qisman individual pressіngga o‘tdik va oxir-oqibat gol o‘tkazib yubordik. Qanday taktika tanlanishidan qat’iy nazar, himoyada ishni oxirigacha bajarmasangiz, g‘alaba qozona olmaysiz», – dedi murabbiy.

Fikrlar