Hojimat Erkinov nimaga Olimpiada uchun e’lon qilingan qaydnomadan joy olmadi?

  • 4 iyul, 2024, 09:03
  • Suhrob Xolbekov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Parij-2024" uchun O‘zbekiston terma jamoasining qaydnomasi e’lon qiliindi. Ushbu jamoaga "Al-Vahda" a’zosi Hojimat Erkinov kiritilmadi. 

Tecno

"Sports.uz"ga ma’lum bo‘lishicha, Erkinovning klubi uni Olimpiadada ishtirok etishi uchun ruxsat bermadi. Jamoa 23 yoshli futbolchini tezroq mashg‘ulotlarga qaytishi istamoqda. Shu sababli, u BAAga jo‘nab ketgan. 

Bundan ko‘rinadiki, O‘FA "Al-Vahda" bilan kelisha olmagan. Aslida, shunga o‘xshash holat Osiyo kubogida ham ro‘y bergandi. Qatarda bo‘lib o‘tgan turnirda Abu-Dabi jamoasi Hojimatni final oldidan qaytarib olgan va BAA kubogi finalida vinger maydonga tushgandi.

O‘shanda "Al-Vahda" kubokni qo‘lga kiritib, Erkinov jamoasi bilan ilk sovrinini yutgandi. Umuman olganda futbolchimiz uchun mavsum yomon o‘tgani yo‘q. U klubi tarkibida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golda ishtirok etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
04/07/2024 23:22
Ҳожимат.- келажаги порлоқ футболчи. Унга омад тилаймиз.
&
Muzaffar Komilov
04/07/2024 09:52
Lekin eng katta yoʻqotishlardan biri edi