Hozir bu futbolchi Ronaldudan ancha kuchli!

  • 12 dekabr, 2021, 11:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Arsenal” afsonasi Pol Merson “Manchester Siti”ning hujumkor futbolchisi Bernardu Silva Angliya premer-ligasining eng zo‘r o‘yinchisi ekanini ta’kidlamoqda.

- Bernardu Silva o‘zining eng zo‘r o‘yinlarini ko‘rsatmoqda. Avvallari Riyad Mahrez, Rahim Sterling va Kevin De Bryuyne jamoaning o‘zgartirib bo‘lmas o‘yinchilari edi. Hozir jamoa tumori Bernardu Silvadir.Bu borada Xosep Gvardiolaning omadi chopgan.

Hozir Bernardu Silva premer-liganing eng zo‘r o‘yinchisi. Unga hech kim tenglasha olmaydi.

Meni noto‘g‘ri tushunmang, u Ronaldu faoliyati davomida erishgan cho‘qqilarni hech qachon zabt eta olmaydi. Lekin hozirgi paytda Bernardu Silvadan zo‘ri yo‘q, - dedi Pol Merson Manchester Evening News nashriga bergan intervyusida.

Bernardu Silva joriy mavsumda 15 ta uchrashuvda ettita gol urib, jamoasining asosiy to‘purariga aylanib oldi. U ichki raqobatda Kevin de Bryuyneni ortda qoldirmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!