
Hozir mana shu klub Evropada eng zo‘ri!
Myonxengladbaxning “Borussiya” jamoasi bosh murabbiyi Daniel Farke 27 avgust kuni Bundesliga doirasida amaldagi chempion “Bavariya”ga qarshi o‘tkaziladigan bahs oldidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
- Oldinda bizni qanday sinov kutib turganini yaxshi bilamiz. “Bavariya” hozir Evropa klublari o‘rtasida eng yuqori formada turgan jamoa hisoblanadi. Ular mavsumni hayratlanarli darajada zo‘r boshladi, - dedi Farke.
Farke “Borussiya”ni yozda qabul qilib oldi. Uning qo‘l ostida gladbaxliklar uchta uchrashuvda etti ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
“Bavariya” esa uchala bahsda g‘alaba qozongan yagona jamoa sifatida Bundesliga jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar