
Hozir "Real"da undan baxtli odam yo‘q
Luka Modrich "Real" bilan yangi shartnoma imzolaganidan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Dunyoning eng yaxshi klubida o‘ynashda davom etishimdan xursandman. Orzuim "Real" formasini kiyish edi. 10 yil davomida men orzu qilgan narsa amalga oshdi. Shunday bo‘lsa-da, ayni vaqtda xuddi ilk kunimdek hayajondaman.
Davom etamiz. "Hala Madrid", - deya post qoldirdi Modrich.
Eslatib o‘tamiz, xorvat xavbeki 2012 yilda "qaymoqranglilar" bilan shartnoma imzolagan. Shu vaqt davomida u 20 ta trofey qo‘lga kiritdi. Shulardan 5 tasi Chempionlar ligasi kubogi.
Fikrlar