Hududiy bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalari o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati 3-tur natijalari

  • 22 aprel, 2019, 16:10
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, 2018 — 2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish dasturida iqtidorli yosh futbolchilarni tanlab olish (selektsiya) maqsadida sport ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida futbol musobaqalarini tizimli tashkil qilish belgilab qo‘yilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni turli yosh toifadagi milliy terma jamoalar hamda professional futbol klublari uchun tayyorlab borish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalarining U-14, U-15, U-16, U-17 yoshdagi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Chempionati o‘tkazilishi haqida xabar berib o‘tgan edik.
Bugungi kunga kelib ana shu chempionatning 3-tur o‘yinlari o‘z yakuniga etdi. Qiziqarli va murosasiz o‘tayotgan mazkur chempionatning 3-tur yakunlari bilan quyidagi jadval orqali tanishishingiz mumkin.

524cc5ce6427f547162ef730fa54b48396e4cc8b

8b37365d8bf955af2dfa67215046f2f126ad9de2

Mazkur musobaqalar yurtimizda futbolni yanada ommaviylashtirish, yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, istiqbolli yosh futbolchilarni keyinchalik professional tarzda tayyorlash hamda terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini yaratish maqsadida joylarda selektsiya ishlarini amalga oshirishga zamin yaratadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!