Hujumchining nomi o‘chmaydi
“Leyptsig” safidagi so‘nggi uchrashuvida dublga erishgan Timo Verner tarixiy natija qayd etdi.
Bundan keyingi faoliyatini “Chelsi”da davom ettiradigan hujumchi “Leyptsig”ni jamoa tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida tark etmoqda. To‘rt mavsumda davomida mohir hujumchi o‘z hisobiga 95 ta gol yozdirib qo‘ygan.
24 yoshi hujumchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 45 ta o‘yin o‘tkazib, 34 ta gol urdi.



Fikrlar