
"Humo" bu mavsum VXLda qatanashadimi yoki KXLda?
Primorsk o‘lkasi ma’muriyati koronavirus infektsiyasi tarqalishi munosabati bilan o‘lkadagi barcha professional sport klublarini moliyalashtirishni to‘xtatishga qaror qildi. Natijada, Vladivostokning "Admiral" xokkey klubi yangi mavsum Qit’aviy xokkey ligasi (KXL)da ishtirok etmasligini rasman ma’lum qildi. "Dengizchilar"ning ligadagi o‘rnini Toshkentning "Humo" jamoasi egallashi mumkinligi borasida rus OAVda xabarlar payo bo‘ldi. Bu masalaga klub bosh direktori Kirill Matveev oydinlik kiritdi.
"Biz barcha harakatlarimiz KXLda ishtirok etish uchun qaratilganligini hech qachon yashirmaganmiz. O‘tgan mavsum to‘g‘ri yo‘lda ketayotganligimizni isbotladik. Men bunda klub modelini, sportdagi natijamiz, umuman, O‘zbekistonda xokkeyni ommalashtirishni nazarda tutdim.
Bu narsa nafaqat bizning yoki qolganlarning xohishiga, balki, dunyodagi vaziyatga ham bog‘liq. Ayni vaqtda biz VXLdan rasmiy ma’lumotlarni kutyapmiz va ushbu chempionatda ishtirokimizni davom ettirishni rejalashtiryapmiz", - deya Matveevning so‘zlarini keltirib o‘tdi "R-Sport" nashri.
Ma’lumot uchun, "qanotlilar" yakuniga etmay qolgan mavsumda VXLning pley-off bosqichida ishtirok etdi va chorak finalga qadar etib bordi.
Fikrlar