
"Humo" etakchisi diskvalifikatsiya qilindi
31 yoshli xokkeychi "Zvezda"ga qarshi bahsning 57-daqiqasida raqib jamoa a’zosiga chavgonning uchi bilan qilgan xatti-harakati bois reglamentning 69-moddasi 1.4-punktiga asosan 1 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va shu bois ertaga "Ximik"ka qarshi bahsni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.
Qayd etish joiz, Anisin "Humo" safida 3 ta bahsda maydonga tushdi va 3 ta shaybaga hammualliflik qildi.
Fikrlar