"Humo" o‘z tarkibini Rossiyada tajriba orttirgan hokkeychi bilan kuchaytirdi

  • 20.08.2022 16:42
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Xokkey

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Humo" hokkey klubi o‘z tarkibiga himoyachi qo‘shib oldi.

Bu haqda toshkentliklar matbuot xizmati xabar bermoqda. Unga ko‘ra, Moskvaning "Dinamo" jamoasi tarbiyalanuvchisi Daniel Kogan faoliyatini "qanotlilar" tarkibida davom ettiradi.

O‘zbekistonlik hokkeychining so‘nggi manzili Qozog‘iston yoshlar chempionati ishtirokchisi "Almati" bo‘lgandi. 19 yoshli himoyachi faoliyati mobaynida 50 uchrashuvda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!