Asosiy mazmunga oʻtish

"Humo" Qozog‘iston chempionatida o‘ynaydi

Shahzod
Izohlar: 0

Toshkentning "Humo" jamomasi Qozog‘iston chempionatida faoliyat olib boradi.

Shaiba.kz nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, bu jamoa Oliy Xokkey ligasida o‘ynaydigan "Humo"ning farm-klubi sifatida tashkil etiladi va xuddi shu nom ostida faoliyat olib boradi.

Ilgariroq, Qozog‘iston chempionatida dastlab "Binokor", so‘ng Samarqandning "Sherdor" jamoasi O‘zbekiston sharafini himoya qilishi borasida xabarlar tarqalgan edi. Biroq Samarqandda yangi jamoa shakllantirishga vaqt etmasligi, bundan tashqari u erdagi muz saroyi sentyabrda emas, dekabrda bitishi bois "Sherdor"ning o‘rnini "Humo" egallaydigan bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q