Asosiy mazmunga oʻtish

"Humo" xokkey klubi xalqaro turnirda ishtirok etadi

Shahzod
Izohlar: 2

Joriy yilning 16-21 avgust kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida Nikolay Drozdetskiy xotirasiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan mavsumoldi turniri bo‘lib o‘tadi.

Mazkur musobaqada Toshkentning "Humo" xokkey klubi ham ishtirok etadi. Shuningdek, ushbu turnirda Oliy xokkey ligasining "SKA-Neva", "Dinamo" (Sankt-Peterburg), "Kimyogar" (Voskresensk), "Sariarka" (Qarag‘anda) va "Neftchi" (Almetevsk) jamoalari ham ishtirok etishadi.

Musobaqa taqvimi keyinroq e’lon qilinadi. Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum ushbu musobaqada Piterning "Dinamo" klubi g‘olib chiqqan edi.

Eslatib o‘tamiz, "Humo" joriy yildan Oliy xokkey ligasida (VXL) ishtirok etadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q