
"Humo" xokkeychilari faoliyatini yana bir jamoada davom ettiradi
Toshkentning "Humo" jamoasi hujumchisi Pavel Zdunov faoliyatini Tolyattining "Lada" klubida davom ettiradi. Iqtidorli xokkeychi o‘tgan mavsum "qanotlilar" safida 64 bellashuvda muzga tushib, 16 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishga erishgan edi.
Ilgariroq, "Lada" Arseniy Eroxin va Nodir Islyamov bilan ham bir yillik kelishuvga erishgani haqida xabar bergan edik. Shu tariqa, tolyattiliklar safida "Humo"ning 3 nafar sobiq xokkeychisi faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.
Fikrlar