
"Humo" yana to‘rt nafar xokkeychi bilan shartnoma imzoladi
Joriy mavsumdan e’tiboran Qozog‘iston chempionatida ishtirok etishni boshlagan "Humo" xokkey klubi 4 nafar xokkeychi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Quyida ushbu xokkeychilar bilan tanishtirib o‘tamiz:
Hujumchi Vladimir Zhuravlev - Saratovning "Kristal"i tabiyalanuvchisi. O‘tgan mavsumni u OXLning "Zauralie" (Qo‘rg‘on) klubida o‘tkazdi. Shuningdek Vladimirni xisobida QXLdagi "Lada" uchun 9 ta o‘yin va 2 ta darvozaga kiritilgan shayba ham bor.
Himoyachi Vadim Chebotarev - Mitishining "Atlanta"si tarbiyalanuvchisi. O‘tgan mavsumni u OXLning "Sokol" (Krasnoyarsk) klubi tizimida o‘tkazdi.
Hujumchi Maksim Nazarov - Moskvaning “Dinamo” jamoasi tarbiyalanuvchisi. 2016-2017 yilgi mavsumda Moskvaning CSKA jamoasi bilan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida Rossiya chempioni. So‘nggi klubi NMXLda ishtirok etadigan "Ryazan-VDV".
Hujumchi Aleksandr Dryagilev - Nijnevartovsk xokkeyining tarbiyalanuvchisi. U butun faoliyatini Xanti-Mansiyskdan "Yugra" tizimida o‘tkazdi.
Fikrlar