Husanov Angliya terma jamoasi a’zosi bilan raqobatlashishi mumkin

  • 26 avgust, 18:52
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi paytlarda ko‘plab klublar, ayniqsa, "Liverpul" "Kristal Pelas" himoyachisi Mark Gexini o‘z tarkibiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirayotgandi. 

Ma’lum bo‘lishicha, ayni vaqtda unga "Manchester Siti" ham qiziqish bildirmoqda ekan. Bu haqda futbolchining agenti xabar berdi. 

Ayni vaqtda "Siti"da Stounz, Diash, Ake, Akanji, Gvardiol va Husanov kabi markaziy himoyachilar bor. Akanji yozgi transferlar oynasida jamoani tark etishi kutilyapti. Agar uning o‘rni Gexi bilan to‘ldirilsa, Husanovda asosiy tarkibda maydonga tushish uchun imkoniyatlar kamayib ketadi. 

Gexi Angliya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi va terma safida "Evro-2024"da ishtirok etdi. Uning "Transfermarkt" portalidagi qiymati 45 million evroni tashkil qiladi. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!