Husanov "Börnli"ga qarshi oʻyinida necha ballni qoʻlga kiritdi?
Bir necha daqiqa oldin "Manchester Siti" - "Börnli" klublari ishtirokidagi uchrashuv yakunlandi. Unda Gvardiola jamoasi 1:0 g'alaba qo'zondi va APL turnir jadvalida birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Agar "shaharliklar" Premer-ligada qolgan barcha uchrashuvlarda zafar quchsa, yana bir kubokni boshi uzra ko'tarishi mumkin. Mazkur to'qnashuvni hamyurtimiz Abduqodir Husanov asosiy tarkibda boshlab, to'liq o'tkazishga muvaffaq bo'ldi.
Bellashuvdan so'ng bir necha statistik portallar vakilimizning o'yinini turlicha baholadi.
"Fotmob" vakilimizni 8.1 ballga loyiq ko'rgan bo'lsa, "Sofascore" portali Husanovga 7.8 ball qo'ydi. Bundan tashqari, yana bir mashhur statistik portaldan biri hisoblangan "Flashscore" esa hamyurtimizga 7.9 ball berdi.
Ma'lumot o'rnida, manchesterliklar navbatdagi uchrashuvini 25 aprel kuni Angliya Kubogida "Sautgempton"ga qarshi o'tkazadi.

Fikrlar