Husanov eng xavfli hujumchini to‘xtatdi

  • 8 oktabr, 2024, 18:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa futbolida FIFA kunlari munosabati bilan ikki haftalik tanaffus e’lon qilingani bois, ekspertlar futbolchilarning milliy chempionatdagi o‘yinlarini tahlil qilmoqda.

Tecno

Keyingi paytda “Lans” markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov ko‘plab mutaxassislarning diqqat markazida turibdi.

O‘zbekistonlik legioner mavsum boshidan beri yuqori saviyada o‘ynayapti va jmoasi himoya chizig‘ida bexato harakat qilmoqda.

Frantsiya chempionatining ettinchi turida “Lans” futbolchilari “Strasbur” maydonidan bir ochko bilan qaytdi. Bu bahsda ham 20 yoshli himoyachimizning ishonchli o‘ynagani jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga Frantsiya futbolini yoritayotgan eng nufuzli manbalarning Abduqodir Husanov o‘yiniga munosabatlarini havola etadi.

LE11HDF.FR:

“Lans” futbolchilari “Monako”, “Lion”, “Renn”, “Nitstsa” va ketma-ket beshinchi uchrashuvda “Strasbur” bilan ochko bo‘lishdi. Mavsum sensatsiyasiga aylangan Abduqodir Husanov “Lans” himoyasining etakchisi sifatida o‘z mahoratini namoyish qilishda davom etmoqda.

Yosh o‘zbek futbolchisi Frantsiya chempionatining eng xavfli markaziy hujumchilaridan biri Emanuel Emegiga qarshi juda zo‘r o‘ynadi va raqibini to‘xtatib qoldi. Niderlandiyalik forvardni ushlab qolish hammaga ham nasib qilayotgani yo‘q.

20 yoshli himoyachi xotirjamligi, qo‘rqmasligi, baquvvatligi bilan hammani hayratga solmoqda va saytimiz o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, beshinchi marotaba “Lans”ning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topildi. So‘rovnomada qatnashgan ko‘p sonli muxlislarning 66 foizidan ko‘prog‘i aynan Abduqodir Husanovni uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topdi.

LEQUIPE.FR:

Husanovning navbatdagi uchrashuvi haqida yana nimalar deyish mumkin. U yana bir karra Frantsiya chempionatining eng zo‘r markaziy himoyachilaridan ekanini namoyish qildi. Ayniqsa, raqib hujumchisi Emanuel Emega bilan kurashda hayratli darajada zo‘r o‘ynadi.

Abduqodir jismonan baquvvatligi, paslarining aniqligi, himoyada mustahkam turgani va xavfli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilayotgani bilan “Lans”ga katta foyda keltirmoqda.

NEWS.DAYFR.COM:

“Lans” safar uchrashuvida “Strasbur” bilan ochko bo‘lishib, ketma-ket beshinchi marta durang natija qayd etdi. Himoya mustahkamligiga yarasha, hujum chizig‘i samaraliroq o‘ynaganida bu jamoa musobaqa jadvalida yanada yuqorida bo‘ladi.

“Lans” himoya chizig‘ida Abduqodir Husanovning ishonchli o‘yiniga suyanib qolgan. Yakshanba kungi uchrashuvda ham Abduqodir o‘z jamoasi o‘yinchilari orasida eng yaxshisi bo‘ldi.

Yosh  markaziy himoyachi “Strasbur”ning kuchli hujumchilari hamlasini mahorat bilan bartaraf etdi va jamoasining bir ochko olishiga katta hissa qo‘shdi.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov joriy mavsumda Frantsiya chempionatida ettita uchrashuvda ham maydonga tushdi. Shuningdek, Konferentsiyalar ligasida bir juft o‘yin o‘tkazdi.

Husanov terma jamoaga katta syurpriz bilan keladigan bo‘ldi!

TsSKAni “qora an’ana”dan qutqargan Fayzullaev nimalar dedi?

Husanov qarshisida Frantsiya hujumchilari titraydigan bo‘lib qoldi...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
faxriddin bozorov
09/10/2024 15:09
Мақтовнинг кифтини келтирасизлар! Бу билан нима ўзгаради? Ҳақиқатни ёзинглар, ҳамкасблар ҳақиқатни.