Husanov eng yaxshi xaridlardan biri! "Arsenal"ning sobiq futbolchisi himoyachini maqtadi

  • 25 fevral, 16:41
  • Jahongir Inomjonov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov "Lans"ni tark etib, yanvar oyidagi transferlar oynasida 34 million funt evaziga "Manchester Siti"ga o‘tdi. Gvardiola uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri katta bahslarda maydonga tushirdi.

Tecno

Futbolchimiz dunyoning eng kuchli jamoalariga qarshi bir qator yaxshi o‘yinlar namoyish etdi. Husanov "Bernabeu"dagi 3:1 hisobidagi mag‘lubiyatda Vinisiusga qarshi muvaffaqiyatli harakat qildi. Bundan so‘ng esa, "Liverpul"ga qarshi ishonchli o‘yin ko‘rsatdi.

"Wrighty’s House" podkastida angliyalik sobiq futbolchi Ian Rayt Husanovni maqtadi.

- Husanovning birinchi o‘yini, debyutini kuzatdim. Adashmasam, u mashg‘ulotlarda atigi bir-ikki kun bo‘lgandi.

Bilasizmi, u tilni ham, boshqa hech narsani ham bilmasdi. Shubhasiz, bu har kimning eng yomon tushida ko‘radigan debyutlaridan biri edi. Shuning uchun o‘shandan beri unga mehr qo‘yib, qo‘llab-quvvatlab kelyapman.

Menda uning mazkur harakatlarini to‘g‘ri qabul qildim. Sababi, yangi jamoaga ko‘chib o‘tganingizda sizda hayajon bo‘ladi. Menda ham bunday holat bo‘lgan. "Arsenal"ga borganimni eslayman, tosh qotgandim.

U Vinisiusga qarshi juda yaxshi o‘ynadi. Menimcha, Husanov transferi "Siti"ning eng yaxshi xaridlaridan biriga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мамадияров Махмуд
25/02/2025 19:23
Абдуқодирга кўз тегмасин илоҳо.