Husanov jamoasi APL tarixidagi eng yirik shartnomani imzoladi

  • 15.07.2025 15:55
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" Puma bilan hamkorlikni uzaytirdi.

Ingliz klubi texnik homiy bilan yangi shartnoma imzolaganini e’lon qildi. "Shaharliklar" Puma bilan 2019/20 yilgi mavsumdan beri hamkorlik qilib kelmoqda.

"Manchester Evening News" xabariga ko‘ra, shartnoma 2034/35 yilgi mavsumgacha mo‘ljallangan va "Siti"ga har mavsumda 100 million funt miqdoridagi mablag‘ni keltiradi.

Texnik homiy bilan tuzilgan ushbu kelishuv Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng yirik kelishuv bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!