Husanov jamoasi chiqib ketganidan keyin qaysi klub jahon chempioni bo‘lishi aytildi

  • 2 iyul, 13:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AQShda o‘tkazilayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining nimchorak final bosqichi yakunlanganidan keyin qolgan jamoalarning chempion bo‘lish imkoniyatini tahlil qilindi.

Tecno

Abduqodir Husanov o‘ynamagan uchrashuvda “Manchester Siti” Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasiga 3:4 hisobida yutqazib qo‘ydi. “Shaharliklar” jahon chempionligiga asosiy da’vogarlardan biri sifatida e’tirof etilgandi.

Opta Analyst markazining ma’lum qilishicha, superkompyuter chorak finalga chiqqan jamoalarning chempion bo‘lish imkoniyatlarini algoritm va sun’iy idrok yordamida o‘rganib chiqdi.

Unga ko‘ra, “Chelsi”ning musobaqada g‘olib chiqish imkoniyati eng yuqori baholandi. Superkompyuter tahliliga ko‘ra, “aristokratlar”ning bosh sovrinni qo‘lga kiritishi 26,8 foizga baholanmoqda.

Ikkinchi ko‘rsatkich, Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Pari Sen-Jermen”ga tegishli. Frantsiyaliklarning chempionlik ehtimoli 24,9 foizga teng. Kuchli uchlikni 16,9 foiz bilan “Real Madrid” to‘ldirdi.

Opta superkompyuteri Braziliya klublari – “Palmeyras” (3 foiz) va “Fluminense” (1,5 foiz) imkoniyatlarini eng past baholadi.

Bosh sovringa asosiy da’vogar “Chelsi” yarim finalga chiqish uchun “Palmeyras” bilan kuch sinashadi. Xosep Gvardiola shogirdlarini chempionatdan chiqarib yuborgan “Al-Hilol” chorak finalda Braziliyaning yana bir vakili “Fluminense”ga qarshi saf tortadi.

Qolgan ikkita chorak final uchrashuvida Evropa vakillari o‘zaro hisob-kitob qiladi. “Pari Sen-Jermen” Bundesliga chempioni “Bavariya”ni sinovdan o‘tkazadi. “Real” futbolchilari esa, “Borussiya Dortmund”ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!