Husanov yangi jamoadan joy oldi!
2025-2026 yilgi mavsumdagi Angliya kubogi “Manchester Siti” gʻalabasi bilan yakunlandi. 145-maroataba tashkil etilgan nufuzli musobaqada jami 124 ta jamoa ishtirok etdi.
Kubok bahslarini “Manchester Siti” uchinchi bosqichdan boshladi, oltita uchrashuv oʻtkazdi, finalga chiqib, bosh sovrinni qoʻlga kiritdi.
“Shaharliklar” butun turnir davomida quyidagi natijalarni qayd etdi:
3-raund: “Ekseter Siti” — “Manchester Siti” 1:10
4-raund: “Solford Siti” — “Manchester Siti” 0:2
1/8 final: “Nyukasl Yunayted” — “Manchester Siti” 1:3
1/4 final: “Manchester Siti” — “Liverpul” 4:0
Yarim final: “Manchester Siti” — “Sautgempton” 2:1
Final: “Chelsi” — “Manchester Siti” 0:1.
Statistika va tahlillarga ixtisoslashgan SofaScore portali Angliya kubogining barcha ishtirokchilari orasidan eng zoʻr oʻyinchilarni saralab, mavsumning ramziy terma jamoasini tuzdi.
“Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov statistik portal talqiniga koʻra, Angliya kubogi ramziy terma jamoasiga kiritildi.
Oʻzbekiston terma jamoasi futbolchisi turnir davomidagi oʻyinlari uchun yuqori baho oldi. Husanovning oʻrtacha reytingi 7,32 ballni tashkil etdi.
SofaScore talqiniga koʻra Angliya kubogi mavsumining ramziy jamoasi tarkibi quyidagicha koʻrinish oldi:
Darvozabon:
Lukas Perri (“Lids”).
Himoyachilar:
Mark Gexi (“Manchester Siti”), Tosin Adarabiyo (“Chelsi”), Abduqodir Husanov (“Manchester Siti”).
Yarim himoyachilar:
Andrey Santos (“Chelsi”), Niko Gonsales (“Manchester Siti”), Jeremi Doku (“Manchester Siti”), Enzo Fernandez (“Chelsi”), Pedro Netu (“Chelsi”), Antuan Semenyo (“Manchester Siti”).
Hujumchi:
Erling Xoland (“Manchester Siti”).
Angliya Kubogining final uchrashuvida «Manchester Siti» «Chelsi»ni 1:0 hisobida magʻlub etdi. Yagona golni 72-daqiqada Antuan Semenyo kiritdi.
Abduqodir Husanov 2025 yilning 20 yanvarida Angliyaning “Manchester Siti” klubiga oʻtib, 2029 yilning 30 iyunigacha davom etadigan shartnoma imzolagan edi.
Husanov “Manchester Siti” va Angliya Premier-ligasi tarixidagi ilk oʻzbekistonlik futbolchi hisoblanadi. Joriy mavsum u asosiy tarkibdan mustahkam joy oldi. 22 yoshli himoyachi jamoaning barcha soʻnggi oʻyinlarini boshlangʻich tarkibda boshlab, 90 daqiqadan toʻp surdi. Ushbu davrda “Siti” oltita gʻalabaga erishdi, ikki bor durang oʻynadi va biror marotaba ham magʻlubiyatga uchramadi.
Husanovning Sofascore talqinidagi reytinglari barqaror ravishda 6,6 – 7,7 darajasida saqlanib qolmoqda, “Kristal Pэlas”ga qarshi oʻyinda (3:0) esa u golli uzatmani amalga oshirdi. Husanov mavsumni barcha turnirlardagi 37 ta uchrashuv bilan yakunladi.
Oʻzbekiston eng yuqori nuqtada: Jahon chempionatida muvaffaqiyatni kimlar taminlaydi?
Shomurodov va Fayzullaevni Premier-liga klublari kutyapti
Husanov qani? AQShning nufuzli sayti Oʻzbekiston yulduzlarini sanab, Abduqodirni inobatga olmadi
AQShning mashhur klubi Oʻzbekiston terma jamoasiga murojaat qildi!
Husanov Ramazonda meni hayratga solgan!

Fikrlar