Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Husanov yopayotgan pozitsiyaga “Siti” yanvarda yangi yulduz oladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Abduqodirga kuchli raqobatchi kelyapti

«Manchester Siti» tarkibida harakat qilayotgan himoyachi Rayan Ait-Nuriga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda Sports.kz.

Jurnalist Ekrem Konur ma'lumotiga ko‘ra, «MYu» qishki transfer oynasida 25 yoshli futbolchini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. «Manchester Siti» rahbariyatining esa Ait-Nurini qo‘yib yuborish yoki yo‘qligi borasidagi pozitsiyasi hozircha oshkor etilmagan. Shu bilan birga, Jazoir terma jamoasi a'zosi jamoada yetarlicha o‘yin amaliyoti olmayotganidan norozi va qishda klubni tark etish ehtimolini inkor etmayapti.

Joriy mavsumda Rayan Ait-Nuri «Manchester Siti» safida bor-yo‘g‘i uchta o‘yinda maydonga tushdi va ularda uchta golli uzatma muallifiga aylandi. U o‘zbek himoyachisi Abduqodir Husanov bilan bir xil pozitsiya uchun raqobatlashayotgan futbolchilardan biri hisoblanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q