
Husanovchi? "Siti" 18 yoshli braziliyalik himoyachi bilan kelishuvga erishdi
"Manchester Siti" "Palmeyras"ning 18 yoshli himoyachisi Vitor Reysni qo‘lga kiritish uchun muzokaralarni boshlagan va futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Klub uning transferi uchun taxminan 40 million evro sarflashi kutilmoqda va muzokaralar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Braziliyada davom ettirilyapti.
Ta’kidlash kerak, "shaharliklar" Abduqodir Husanovni ham o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Insayder bergan ma’lumotga ko‘ra, ayni vaqtda ushbu transfer bo‘yicha muzokaralar ham davom etmoqda.
Fikrlar