Husanovdan bunaqasini kutmagan edik! “Siti” direktori Abduqodir haqida nimalar dedi?
Samara klubi ustozi jamoasi oʻyin oxirida yaratgan vaziyatlardan unumliroq foydalanganda natija yanada yaxshiroq boʻlishi mumkinligini tan oldi. Shu bilan birga, butun oʻyin manzarasini inobatga olganda, durangni adolatli deb baholadi.
- Safardagi durang, Moskvadagi durang, katta klubka qarshi durang – bu biz uchun yomon koʻrsatkich emas. Lekin oʻyin qanday kechganini hisobga olsak, yanada koʻprogʻiga daʼvo qilishimiz mumkin edi. Oxirgi daqiqalarda gol urishni juda istadik, vaziyatlar ham boʻldi. Biroq shuni ham tushunamizki, biz 0:1 hisobida ortda borayotgan edik va oʻyinni oʻz foydamizga burib olishga muvaffaq boʻldik, - dedi Bulatov "Match TV" efirida.
"Krylya Sovetov" ikkinchi boʻlimda hisobni tenglashtirishga erishdi va uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Toʻqqiz turdan soʻng samaraliklar 11 ochko jamgʻarib, Rossiya chempionati jadvalida toʻqqizinchi oʻrinni egallab turibdi.
RPLdagi tanaffusdan soʻng Bulatov shogirdlari 10 oktabr kuni oʻz maydonida Moskvani "Spartak" jamoasini qabul qiladi.

Fikrlar