Husanovni “Chelsi” qachon oladi? “Siti”ning kelajagi mavhum!

  • 30.09.2026 06:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» yangi mavsumni dramatik g‘alaba bilan boshladi. «Etihad» stadionida bo‘lib o‘tgan angliya Premier-ligasining birinchi tur uchrashuvida manchesterliklar «Bornmut» ustidan irodaviy g‘alabaga erishdi, deb xabar beradi Sports.kz.

Uchrashuvda hisobni 26-daqiqayoq mehmonlar ochdi. Jarima maydoni yaqinida to‘pga ega chiqqan Markus Tavernye aniq zarba yo‘llab, «Manchester Siti» darvozasini ishg‘ol etdi.

Maydon egalari uzoq vaqt davomida hisobni tenglashtira olmadi. Faqat 84-daqiqada Mark Gehi raqamlar tengligini tikladi. Ushbu goldan so‘ng «Manchester Siti» hujumlarini yanada kuchaytirdi va bu o‘z samarasini berdi.

Qo‘shimcha qilingan birinchi daqiqada Yoshko Gvardiol aniq zarba bilan jamoasiga g‘alaba keltirdi. Shu tariqa, «Manchester Siti» keskin kurashlarda o‘tgan bahsda 2:1 hisobida zafar quchdi.

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abdukodir Xusanov ushbu uchrashuvni «Manchester Siti» asosiy tarkibida boshladi va butun o‘yin davomida maydonni tark etmadi.

Bu o‘yin «Manchester Siti» uchun Enco Mareski boshchiligidagi yangi mavsumdagi ilk liga bahsi bo‘ldi. Mavsum oldidan jamoa Angliya Superkubogi bahsida «Arsenal»ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!