Husanovning transferi o‘zbek futbolchilari uchun Evropaga yo‘l ochadimi?

  • 24 yanvar, 23:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga o‘tishi o‘zbek futboli tarixidagi eng yorqin voqealardan bo‘lish barobarida Evropada ham katta aks sado bermoqda.

Tecno

Keyingi paytda 20 yoshli o‘zbek futbolchisining katta transfer summasi evaziga Angliyaning amaldagi chempioni va zamonamizning eng qudratli klublaridan hisoblangan “Manchester Siti”ga o‘tganiga xorij mamlakatlaridan ham munosabat bo‘lyapti.

Xususan, armanistonlik mashhur futbol agenti Nshan Depelyan Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga o‘tgani mamlakat futbolining obro‘sini ko‘tarishi, yoshlar uchun haqiqiy o‘rnak bo‘lishini alohida ta’kidladi.

- “Manchester Siti”ga katta mablag‘ evaziga transfer qilingan Abduqodir Husanov ko‘rchilikka o‘rnak bo‘la oladi. Tabiiyki, bu transfer sobiq ittifoq hududidagi futbolchilar oqimi uchun Evropaga yo‘l ochadi, deb bo‘lmaydi.

Lekin ayrim shunday holatlar futbolda ko‘p kuzatiladi.  Bunaqasi har doim bo‘lgan.

Husanov – sobiq ittifoq hududidan etishib chiqayotgan futbolchilar uchun yorqin namuna hisoblanadi. Albatta, biz bu o‘yinchiga muxlislik qilamiz. O‘zbek futbolini hurmat qilamiz, bu mamlakat terma jamoasi o‘yinlarini kuzatib boramiz, - dedi Nshan Depelyan.

Moskvaning “Spartak” jamoasi sobiq hujumchisi Aleksandr Prudnikov ham legionerimizning Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tganiga munosabat bildirdi.

- Bu transfer orqali Rossiya Premer-ligasi klublari sport direktorlariga katta savol tug‘ilyapti. Ba’zan yonginamizda noyob iqtidor egalarini bo‘y ko‘rsatadi, lekin biz uni payqamay qolamiz.

Husanovdan tashqari, hozir hamma Xvicha Kvaratsxeliya haqida ham gapiryapti. Qizig‘i, Rossiya Premer-ligasining ayrim klublari vaqtida bu futbolchini ham rad etishgan edi. Buning o‘ziga xos sabablari bo‘lishi mumkin, lekin klublarimizning aksariyat mutasaddilari iste’dodlarga umuman e’tibor qaratmayapti, - dedi Aleksandr Prudnikov.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov futbolning ilk sir-asrorlarini “Bunyodkor” akademiyasida o‘rgangan. Keyinchalik Belarusga ko‘chib o‘tib, yoshi professional shartnoma tuzishga etmagani bois, “Energetik-BGU” safida shunchaki shug‘ullanib yurdi.

Keyin 2022-2023 yillar davomida ushbu mamlakat oliy ligada o‘ynab, o‘zini ko‘rsatdi.

Abduqodir Husanov xorij klublari e’tiboriga O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi safida Osiyo kubogi va jahon chempionatlaridagi ishtiroki orqali tushdi. “Lans” 2023 yilning yozida hali hech kim tanimaydigan futbolchimizni 100 ming evro evaziga transfer qildi.

Bir yarim yilda bu transfer o‘zini mutlaq oqladi. “Manchester Siti” o‘ndan ziyod da’vogarlarni ortda qoldirish uchun “Lans” himoyachisini 50 million evroga transfer qilishga qaror qildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Abduqodir Husanov “shaharliklar” bilan 2029 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma imzolagan. Tomonlar o‘zaro kelishgan holda hamkorlikni yana bir yilga uzaytirishi mumkin.

Husanovni Evropadagi terma jamoada o‘ynatmoqchi bo‘lishdi!

Husanov Chempionlar ligasida o‘ynay oladimi? “Manchester Siti”da qachon debyut qilishi mumkin?

Husanovning raqobatchilariga havas qilmayman, Abduqodir ularni “g‘ajib tashlaydi”!

Husanov qanday qilib zo‘r himoyachiga aylangan?

Noyob fakt: Husanov avval “Old Trafford”da o‘ynab ketgan!

Husanovdan quruq qolgan “Real” endi 100 million evroga himoyachi oladi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!